ULUGʻBEK

ULUGʻBEK — Toshkent sh. Mirzo Ulugʻbek tumaniga qarashli shaharcha (1961-y. dan). Yaqin t. y. stansiyasi — Kdsiriya (6 km). Axrlisi 5,2 ming kishi (2004). Shaharchada Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi inti va unga kdrashli 4 korxona, 2 umumiy taʼlim maktabi ishlab turibdi; 5 savdo, 1 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, mehmonxona, 2 madaniyat, 2 tibbiyot muassasasi, FAga qarashli kasalxona, 2 sport inshooti bor. Toshkent shahridan Ulugʻbekga avtobuslar qatnaydi.