ULOMOV Valentin Ivanovich

ULOMOV Valentin Ivanovich (1933.7.1, Toshkent) — geofizik, seysmolog. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), fizikamat, fanlari d-ri (1974), prof. (1982), Oʻrta Osiyo politexnika in-tining geol. razvedka ftini tugatgan (1958), Toshkent markaziy seysmik st-yasining mudiri (1960), Oʻzbekiston FA Seysmologiya in-tida direktor oʻrinbosari (1966—90), Toshkent zilzilasi oqibatlarini oʻrganish va zilzilani bashorat qilish masalalari sohasida seysmologik tadqiqotlar olib borgan. Birinchi marta radon zilzila darakchisi ekanligini anikdagan. Oʻrta Osiyoda Yer pusti tuzilishi va dinamikasini zilzila bashorati nuqtayi nazaridan oʻrgangan. Ulomov 1990-y. dan Moskvadagi Yer fizikasi in-tida ilmiy xodim, kontinental seysmik jarayonni oʻrganish va seysmik rayonlashtirish lab. mudiri (1991). Rossiyaning umumiy seysmik r-nlashtirish xaritasini tuzishga rahbarlik qilgan (1997). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Ad.: Dinamika Zemnoy korы Sredney Azii i prognoz zemletryaseniy, T. 1974, Glubinnoye stroyeniye Zemnoy korы yugovostoka Sredney Azii, po dannыm seysmologii, T., 1966.