ULANOVA Galina Sergeyevna

ULANOVA Galina Sergeyevna [1909.26.12 (1910.8.1), Peterburg 1998, Moskva] — balet artisti. Xalqartisti (1951). Zamonaviy eng yirik balerinalardan. Leningrad xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1928). 1928 — 44 y. lar Leningrad opera va balet teatri, 1944 —60 y. lar Katta teatr (Moskva)da balerina. Odetta — Odilliya («Oqqush koʻli»), Jizel («Jizel»), Julyetta («Romeo va Julyetta»), Zolushka («Zolushka»), Avrora («Uyqudagi goʻzal»), Marina («Boqchasaroy fontani») kabi partiyalarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Uning sanʼati raqsning barcha ifoda vositalarining noyob uygʻunligi b-n alohida ajralib turadi. 1960-y. dan Katta teatrda baletmeysterrepetitor boʻlgan.