ULAN-BATOR UNIVERSITETI

ULAN-BATOR UNIVERSITETI — Mongoliyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1942-y. asos solingan. 1951 —61 y. larda Un-t fakultetlari negizida ped., tibbiyot va q. x. institutlari tashkil etilgan. Fizika, mat., kimyo, biol., iqtisodiyot, filol., ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 50 mingga yaqin asar saklanadi. Untda 4 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.