UKLONSKIY Aleksandr Sergeyevich

UKLONSKIY Aleksandr Sergeyevich (1888.5.11, Gomel sh. — 1972.16.2, Toshkent) — geolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1943). Geol. mineralogiya fanlari d-ri (1920), prof. (1920), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva un-tini tugatgan (1914). ToshDU va ToshPIda mineralogiya kafedralarini va Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-tida mineralogiya va geokimyo boʻlimlarini tashkil etgan. Toshkentda mineraloggeokimyochilar maktabini yaratgan. U. Oʻrta Osiyo, Oʻzbekistonda oltingugurt konlari mineralogiyasi va joylashish qonuniyatlarini oʻrgangan (1928—40), minerallarning geokimyoviy tasnifini tuzib, darslik yozgan (1940). Oʻzbekistondagi oqar suvlarning izotop tarkibini tekshirgan. Geokimyo faniga «protokristall», «izotop», «izobara», «paraelementlar» kabi yangi nazariy tushunchalar kiritgan. U. Oʻzbekistonda mineralogiya va geokimyo fanlari rivojiga salmokli hissa qoʻshgan. Yangi topilgan mineral uklonskovit deb atalgan.