UKKOSHA MASJIDI

UKKOSHA MASJIDI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.). Chorsuning jan. sharqida, Samarkand darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qad. Ukkosha bulogʻi nomi b-n atalgan («Chorsu» mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (19a. oxiri — 20-a. boshi), xrvli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona 20a. oxirlarida kayta qurilgan). Xonaqoh devorlari kalin, 4 ravoqli. Gʻarbidagi ravoqqa mehrob ishlangan, qolgan ravoklariga eshik oʻrnatilgan. Linga qismi boʻrtikli, tashqi ravoq lingasi egri chizikli. Gumbazi ravoqlarga tayangan. Gumbaz osti ravoqbagʻallari oʻziga xos. Ayvon ustunlari 4,8 va 16 qirrali, ustun koʻzagidagi madohillar nafis ishlangan. Ukkosha masjidi Xoja Ahror Valiy tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi.