UKKILAR

UKKILAR (Bubo) — yapaloqqushlar urugʻi. Uz. 30—72 sm. Boshida «quloq» deb ataladigan patlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari patli. 12 turi maʼlum. Avstraliya va Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda uchraydi. Oddiy U. Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda choʻl, dasht va toglardagi odam bormaydigan ovloq hududlarda yashaydi. Yerda, qoya toshlar orasida uya kuradi; baʼzan daraxtlardagi yirik qushlar tashlab ketgan uyalarni egallaydi. 2—6 ta tuxum qoʻyadi. Har xil mayda kushlar, kemiruvchilar, quyon, oʻrdak, kurlar va b. hayvonlar bilan oziklanadi.