UYSHUN

UYSHUN, usun, uysun — kad. turkiy qabilalardan biri. 3 ta uruqqa (oʻchoqli yoki uchoqti, qoʻshtamgʻali va erganakli) boʻlingan. Mil. av. 3a. ga oid Xitoy manbalarida tilga olingan. Bu vaqtda Uyshunlar Xitoyning shim. gʻarbida yashashgan. Umumiy soni 63 ming kishi boʻlib, chorvachilik (asosan. yilqichilik) bilan shugʻullangan. Oʻzaro nizolar natijasida Uyshun larning katta qismi (4 ming uyli Uyshunlar) mil. av. 2-a. oʻrtalarida Yettisuv va Tyanshanga kelib oʻrnashishgan. Turk xoqoshshgiga birlashgan va u yemirilgach, U rta Osiyo va Qozogʻiston yerlaridagi ilk davlatlar tarkibiga qabila birligi sifatida kirgan. 19-a. ning oxiri — 20-a. ning boshlarida Uyshunlar oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, noʻgʻay, xalklarining tarkibida boʻlgan.