UYCHI

UYCHI — Namangan viloyati Uychi tumaniaat shaxarcha, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Chortoq (5 km). 1984-y. 10 okt. da tashkil etilgan. Aholisi 15,6 ming kishi (2004). Uychida yigiruvtikuv f-kasi, «Notoʻqima» aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, 80 dan ortiq tashkilot, muassasa, uyushma va jamgʻarmalar faoliyat koʻrsatadi. Shaharchada 5 umumiy taʼlim maktabi (4668 oʻquvchi), q. x. va maishiy xizmat kasbhunar kollejlar (1511 talaba) ishlab turibdi. Tuman markaziy «Paxtakor» stadioni, sport maktabi, tennis korti bor. U. da tuman markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 2 poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.