UIPL

UIPL (Whipple) Jorj Xoyt (1878.28.8 — 1976.1.2) — amerikalik vrachpatolog. Yelsk un-ti (1900) va J. Xopkins un-tini tugatgan (1905). 1914-y. dan Kaliforniya un-tida prof. Rochester un-ti patologiya prof. (1921 — 55). Ilmiy faoliyati anemiya, pigmentlar almashinuvi, jigar va meʼda osti bezi yalligʻlanishlari, sil va parazitar kasalliklarga oid. Gemopoezda jigarning ahamiyatini va pernitsioz anemiyada jigar preparatlarini qoʻllash usulini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1934; J. R. Maynot va Uipl Myorfi bilan hamkorlikda).