UILKINSON

UILKINSON Jefri (1921.14.7, Todmordon) — ingliz organikkimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1965-y. dan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya — AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya un-tida (1946—50), Massachuset texnologiya in-tida (1950—51), Garvard un-tida (1951—55) ishlagan, London un-ti prof. (1956-y. dan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va b. metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, E. O. Fisher bilan hamkorlikda).