UZUNTUMSHUQ QOʻNGʻIZLAR

UZUNTUMSHUQ QOʻNGʻIZLAR (Curculionidae) — qoʻngʻizlarning bir oilasi. 4000 turi maʼlum, shundan 400 ga yaqini koʻproq uchraydi. Boshining oldingi uchida kemiruvchi ogʻiz apparati joylashgan, boshida uzun naychasi (baʼzan Xartum deyiladi) bor. Boshidagi naychasi boshidan, ayrimlarida tanasidan ham uzun boʻladi. Shunga kura kalta xartumlilar va uzun xartumlilarga ajratiladi. Moʻylovlari, odatda boʻgʻimboʻgʻim. Koʻpchilik kalta xartumlilar qanoti reduksiyalangan, ustki qanoti birbiri bilan qoʻshilib oʻsgan. Oʻ. q. ning kupi oʻsimlik guli, kamdankam turlarining lichinkasi oʻsimlikning yer osti qismlari b-n ovkatlanadi (fitofaglar). Kalta xartumli Uzuntumshuq qoʻngʻizlar tuxumini tuproqqa, uzun xartumlilar esa oʻsimlik toʻqimalariga qoʻyadi. Lichinkasi oq yoki sargʻish, oyoqsiz, tana qoplagʻichi boʻgʻimli, oʻzi yashayotgan muqitda pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Uzuntumshuq qoʻngʻizlar qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta zarar keltiradi. Mas, lavlagi uzunburuni, tuganak filchalari, beda barg filchasi va b.

Kurash choralari: agrotexnika tadbirlariga rioya qilish va kimyoviy preparatlardan foydalanish.