UZUNLIK

UZUNLIK — chiziklarning sonli xarakteristikasi. Kesma uzunligi uning uchlari orasidagi masofaga teng. Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi kesmalar uzunliklari yigʻindisiga teng. Regulyar chiziq uzunligi unga ichki chizilgan siniq chiziqlar uzunliklari yuqori chegarasiga teng. Regulyar chiziq uzunligi chekli son boʻladi.