UZOQOV

UZOQOV Obloqul (1922.10.4 Samarkand viloyati Urgut sh. — 1955.26.7) — 2-jahon urushi qahramoni, gvardiyachi serjant. 16 gvardiyachi Chernigov otliq askarlar diviziyasi, 62polk, 1eskadron vzvodining boʻlim komandiri. Dnepr daryosini kechib oʻtishda (1943-y. 28 sent.) koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944-y. 15 yanv). Urushdan soʻng xalq xoʻjaligining turli sohalarida masʼul vazifalarda ishlagan. Fargona viloyati, Dangʻara shahar tipidagi shaharcha koʻchalaridan biri va Urgut sh. dagi maktab uning nomi bilan ataladi, tugʻilgan qishlogʻi Qoratepada haykali oʻrnatilgan.