UZNADZE Dmitriy Nikolayevich

UZNADZE Dmitriy Nikolayevich [1886.20.12(1887.1.1), Gruziyaning Zestafon tumani Sakar qishlogʻi — 1950.12.10, Tbilisi] — gruzin psixologi va faylasufi. Gruziya FA akad. (1941). Leypsig (1909) va Xarkov (1913) untlarini tugatgan. 1915-y. Gruziyada gruzin tilida oʻqitiladigan xotinqizlar oʻrta maktabini tashkil qilgan. Tbilisi un-tining asoschilaridan (1918) biri. Uning tashabbusi bilan bu untda psixologiya boʻlimi, kafedrasi va eksperimental psixologiya lab. si ochilgan. Gruziya FA psixologiya in-tiga asos solingan vaktdan boshlab uning direktori boʻlgan (1950-y. dan Uznadze nomida). Utafakkur, nutq, idrok, faoliyat psixologiyasiga oid bir necha asarlar yozgan. Psixologiyada ustanovkaning original nazariyasi, shuningdek, psixologiya fanining turli sohalari boʻyicha darsliklar muallifi.