UZLUKSIZ TAʼLIM

«UZLUKSIZ TAʼLIM» — oʻzbek tilida 2 oyda 1-marta chiqadigan ilmiyuslubiy jurnal. Muassislari — OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi, T. N. QoriNiyoziy nomidagi Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. instituti, «Maʻrifat — madadkor» nashriyoti. Jur. 2001-y. dan Toshkent sh. da chika boshlagan. Uning sahifalarida «Maktabgacha taʼlim», «Umumiy oʻrta taʼlim», «Maktabdan tashkari taʼlim», «Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi», «Oliy taʼlim», «Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim», «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash» ruknlari boʻlib, unda OʻzRning «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublikamiz uzluksiz taʼlim tizimida amalga oshiralayotgan islohotlar haqidagi materiallar berib boriladi. Adadi 10 mingga yaqin (2004).