UZLAR

UZLAR — qad. turkiy qavm. 7—8a. larda Yettisuv va Sirdaryoning oʻrta oqimlarida yashab, Turk xokonligi va Qarluqlar davlati tarkibida boʻlishgan. Ularning bir qismi gʻarbga siljib, 8-a. ning oxirida Orol dengizining jan. sharqiy hududlariga borib oʻrnashgan va oʻgʻuzlar tasarrufida boʻlib kelgan. Oʻgʻuzlarga tobe boʻlishni xohlamaganlari Orol dengizining shim. sharqiy mintaqalariga (Ili va Emba daryolari oraligʻi) borib oʻrnashgan. 8-a. ning 60-y. larida oʻgʻuzlar Uzlarga hujum qilib, Sirdaryo va Orol dengizi voxalarini egallab, Uzlarning bir qismini boʻysundirgan. 9-a. ning oxiri — 10-a. ning boshlarida Uzlar siyosiy hayotga faol aralashib ketgan. Uzlar qaqidagi maʼlumotlar 10-a. ning arab geofafi Masʼudiy, 11-a. arman tarixchisi Matvey Edisskiyning asarlarida tilga olingan. U. Kaspiy dengizining shim. da yashovchi xazarlar bilan ittifoq boʻlib, Volga va Ural daryolari oraligʻida joylashgan bijanaklar va qangʻlilarga hujum qilishgan va bu yerlarni bosib olishgan.

Uzlar 11-a. ning 30-y. larida Dnepr va Dunay daryolari oraligʻiga borib joylashgan. Bu hududni 1060-y. Rus knyazlari birlashib egallaganlar, natijada Uzlarning asosiy qismi gʻarbga — «Muqaddas Rim imperiyasi» yerlariga koʻchgan (yunon tarixchilarining maʼlumotlariga kura, Uzlar soni 600 ming kishiga yetgan), kichik bir qismi esa, Kichik Osiyoga, Usmonli turklarga qoʻshilib singib ketgan. Keyinchalik Uzlarning bir qismi yana ham gʻarbga siljib, Jan. Rus choʻllari orqali Gʻarbiy Yevropa (Yunoniston va Vengriya) ga oʻtib ketganlar. Uzlarning keyingi avlodlari — gagauzlar hozir ham Moldaviya, Ruminiya va Vengriyada yashaydi. Uzlarning Jan. Rus choʻllari va Dashti Qipchoqda qolgan guruxlari qipchoqlar tarkibiga kirgan. 15—18-a. lar davomida Dashti Qipchoqdagi Uzlar Oʻzbekiston hududiga kelishgan. Ular oʻtrokdashish jarayonvda oʻz urugʻqabila nomlarini unutib, oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketganlar. Kichik bir guruhi esa 20-a. ning boshlarigacha oʻzlarining etnik nomlarini sakdab qolganlar. Uzlar, asosan, chorvachilik bilan shugʻullangan, keyinchalik dehqonchilik ham ularning mashgʻulotiga aylangan. Uzlarning avlodlari, asosan, Zarafshon vohasining oʻrta oqimlarida — Payariq tumani (qora uz)da, Navoiy tumani, Nurobod tumanining «Ulus» xoʻjaligida yashaydi. Uzlarning katta qismi Qarshi choʻlidagi Koʻkdala, Harduri, Taloqtepa, Olatoʻn, Oʻtamali, Sufi, Xushaxali, Moylijar, Shoʻrbozor va b. qishloklarda yashaydi.

Ad.: Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.