UJUNGPANDANG

UJUNGPANDANG (1970-y. gacha Makasar) — Indoneziyadagi shahar. Jan. Sulavesi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,09 mln. kishi (1995). Indoneziyaning sharqiy qismidagi eng katta port, chetga kopra, kofe, ziravorlar, oʻrmon mahsulotlari va koʻnteri chiqariladi. Ujungpandang — Sulavesi o. dagi savdotransport, moliya va madaniyat markazi. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Kema verfi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda qamish va palma barglaridan, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Unt, intlar va i. t. markazlari bor.