UJDA

UJDA — Marokashning shim. sharqiy qismidagi shahar. Ujda viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 365,6 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsizlik va kimyo sanoati korxonalari, sement z-di, issiqlik elektr st-yasi bor. Sitrus meva va chorva mollarining yirik savdo markazi. Shahar yaqinidan toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux rudalari qazib olinadi.