UDONELLIDLAR

UDONELLIDLAR (Udonellida) kiprikli chuvalchanglar turkumi. 3 turi bor. Tanasi silindrsimon, keyingi uchida yopishqoq soʻrgʻichi bor. Ichagi halqasimon, jinsiy bezlarni oʻrab turadi. Ilgari Udonellidlar monogeniyalarga kiritilgan; hozir yassi chuvalchanglar tipining alohida sinfi sifatida karaladi. Udonellidlar dengiz baliklarida parazitlik qiladigan kurakoyokli qisqichbaqasimonlarning tashki kommensali hisoblanadi. Uz. 3 mm gacha. Tuxumlarini uzun poyacha yordamida xoʻjayini tanasiga yopishtirib qoʻyadi. Metamorfozsiz rivojlanadi.