UGORLAR

UGORLAR — til jihatdan qardosh boʻlgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (madʼyarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida soʻzlashadi. 12-a. ga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari «ugra», «ugor», xanti va mansilarni esa, «yugra» deb atalgan. Keyinchalik «yugra» nomi, asosan, xantilarni anglatgan.