UGLEROD

UGLEROD (IV) OKSID, karbonat angidrid, SO2 — uglerodning kislorodli birikmasi, uglerod oksidlanishining oxirgi mahsuloti. 1956-y. da shotlandiyalik olim J. Blek magniy karbonat parchalanganda gaz chiqishini aniqlagan (SO2 ning tarkibini 1789-y. da A. Lavuazye belgilab bergan), SO2 rangsiz gaz boʻlib, oʻziga xos salgina achimsiq hidi va mazasi bor. 0° va normal sharoitdagi zichligi 1,977 g/l; kritik t-rasi 31,3°, kritik bosimi 7,3 MPa. —78,5° gacha sovitilganida qor kabi oq tusli qattiq jiyemga — «quruq muzga» aylanadi. Suyuq SO2 tez bugʻlanganida ham qattiq SO2 hosil boʻladi. U odatdagi bosimda — 78,5° da suyuqlanmasdan toʻgʻridantoʻgʻri gaz holatiga oʻtadi. Qattiq SO, 5MPa bosimda — 56,7°da suyuqlanadi. Suv, spirt va efirda eriydi. Suv bilan birikib karbonat kislota N2SO3 hosil qiladi. Odatdagi sharoitda kimyoviy nofaol modda, boshqa moddalarning yonishiga yordam bermaydi, lekin faol metallar (mas, magniy) SO2 atmosferasida yonishni davom ettiradi. Laqqa choʻgʻ holatidagi kalsiy SO2 bilan reaksiyaga kirishtanida kalsiy karbid SaS2 va kalsiy oksid SaO hosil boʻladi. Choʻgʻ holatidagi koʻmir bilan reaksiyaga kirishib uglerod (P)oksid SO ga, 200° da mis oksid (katalizator) ishtirokida vodorod bilan reaksiyaga kirishib, metanga, yuqori trada ammiak bilan birikib, karbamid (CONH2)2 ga aylanadi.

Tabiatda SO2 organik moddalarning chirishi, bijgʻishi va kuyishi kabi oksidlanish jarayonlari natijasida hosil boʻladi. Yoqilgʻi yonganida ham SO2 paydo boʻladi. Havoda SO2 hajm jihatidan 0,03% ni tashkil qiladi. SO2 organizmda moddalar almashinuvi mahsulotidir. U fotosintez jarayonida ham ishtirok etadi.

Texnikada ohaktosh yoki boʻrni kuydirib, lab. larda marmarni xlorid kislota b-n parchalab olinadi.

SO2 oziq-ovqat sanoatida, «quruq muz» tayyorlashda, oʻt oʻchirishda, kimyo sanoatida soda, mochevina, oksikarbon kislotalar hosil qilishda, portlatish ishlarida keng qoʻllanadi.

Havoda SO2 miqdori 1,5—3% dan oshea, kishida bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va koʻngil aynishi paydo boʻladi. 6% dan oshea, kishi ish qrbiliyatini yoʻqotadi va hayoti xavf ostida qoladi. Zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, sunʼiy nafas oldirish kerak.