UVEK

UVEK, U k ye k — Oltin Oʻrdanpsh asosiy shaharlaridan biri. 14-a. boshida bu yerda tangalar zarb etilgan. 14-a. oxiriga qadar mavjud boʻlgan. Uvek xarobalari (Saratov yaqinidagi Uvek t. y. st-yasi yaqinida) 19-a. ning oxiri va 20-a. ning boshida tadqiq etilgan. Turar joylar, xumdonlar, musulmonlar qabristoni aniklangan. 1913-y. A. A. Krotkov badavlat ayol dafn etilgan makbarani (14-a.) ochib oʻrgangan. Binolar pishiq va xom gʻishtdan qurilgan. Shahar xarobasidan suv va don saklash uchun moʻljallangan xumlar, sirlangan va sirsiz sopol idishlar, toshdan yasalgan idishlarning parchalari, koshin parchalari, quvurlar, Oltin Oʻrdaning kumush va mis tangalari, jez maʼbudchalar, xochlar topilgan.