UVAROVIT

UVAROVIT — granatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca3Cr,[Si04]3. Kub singoniyada kristallanadi. Koʻk zumrad rangli, shishasimon, kuchli yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7, zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Pnevmotolitgidrotermal genezisga ega. Xromit (oʻta asosli jinslarda) rudalarinigʻ1g yoriklarida mayda kristallar shaklida uchraydi. Uvarovit AQSH, Kanada, JAR, Polsha, RF (Ural) va b. joylarda topilgan. Finlyandiyadagi Outokumpu konida 1,5 sm gacha bulgan kristallari mavjud. Uvarovit — zargarlik toshi.