UVAYSIY

UVAYSIY (taxallusi; ismi Jahon) (1779 — Margʻilon —1845) — shoira, maʼrifatparvar. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va b. xotinqizlarga sheʼriyat ilmidan dare berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, U. Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi sh. larga borgan. 1842-y. da Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.

Uvaysiy 4 devon tuzganligi maʼlum. Pekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va b. ning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali.

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayet nozneʼmatlaridan bahraMand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi: Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh, Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Uvaysiy oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.

Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi: Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon, Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon? Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar, Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon.

Uvaysiy xayotlik davridayoq nafis lirikasi b-n mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning «Shahzoda Hasan», «Shahzoda Husan» kabi liroepik asarlari va «Voqeoti Muhammad Alixon» kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan.

Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik inti va Andijon un-ti kutubxonasida saklanadi.

As: Devon, T., 1963; Koʻngil gulzori, T., 1983. /4y.:Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1970.