UVAYS QARANIY

UVAYS QARANIY (657) su fiylikdagi uvaysiya tariqati asoschisi. Muhammad (sav) davrlarida yashagan boʻlsa ham u zot bilan uchrashmagan. Rivoyatlarga koʻra, Rasululloh (sav) Uhud togʻi etagidagi jangda (625-y.) muborak ikki tishlaridan ajralganlarida (boshqa manbalarga koʻra oldingi pastki jagʻlaridagi bir tishga tosh tegib maydalab yuborgan) bundan xabar topgan U. Q. Muxammad (sav) ga boʻlgan yuksak hurmati yuzasidan, ul zotga dushmanlar yetkazgan sitamni oʻzida sinash maqsadida avval bir tishini, soʻngra shubhaga oʻrin qolmasligi uchun oʻzining barcha tishlarini sugʻurib olgan. Muhammad (sav) unga sahobalar qatoriga qoʻshilishini taklif etgan. Muhammad (sav) vafoti oldidan hazrati Aliga xirqalarini Uvays Qaraniyga topshirishni vasiyat qilgan. Uvays Qaraniy Ali ning Muoviya bilan boʻlgan Siffin jangida halok boʻlgan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, U. Q. Xoʻtanda vafot etib, shu yerga dafn etilgan.