UVADA GAZ KONI

UVADA GAZ KONI — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi kon, Qarshi sh. dan 65 km shim. sharqda. 1968-y. da ochilgan, 1981-y. dan foydalanishga topshirilgan. Uvada gaz koni maydoni kenglik boʻyicha choʻzilgan braxiantiklinaddan iborat. Neokomapt yarusining burma uz. 5,7 km, eni 3,5 km, bal. 250 m. Jan. qanot jinslarining yotish burchagi 5—6°, shim. 7—8°. Burma 2 ta yer yorigʻi bilan murakkablashgan, ulardan birinchisi burmaning markaziy qismidan kenglik boʻyicha, ikkinchisi burma choʻziqligiga koʻndalang yoʻnalishda oʻtadi. Kon paleozoy (30 m qalinlikda), mezozoy va kaynozoy yotqiziklariga mansub. Sanoat miqyosidagi gaz yirik va mayda zarrali qumtoshlardan tarkib topgan, gid va alevrolit qatchalari bilan qavatlangan gorizontlarda aniqpangan. Gorizontning umumiy qalinligi 37—45 m, gaz oʻtqazuvchan qatlarning umumiy qalinligi 15 — 20 m. Gʻovakliligi 14,6%, gazga toʻyinganligi 0,62. Gaz uyumi qatlamli, gumbazsimon, 742—748 m chuqurlikda joylashgan, oʻlchami 4×1,6 km, bal. 80 m. Gaz debita 63,2 dan 165,2 ming m3/sutka. Kondan hoz. kunda foydalanilmokda.