UBSUNUR

UBSUNUR, Ubsa — Mongoliyaning shim. gʻarbiy qismidagi oqmas shoʻr koʻl. Shim. gʻarbiy qismi Tiva (RF) hududida. Mayd. 3350 km2, 753 m balandlikda joylashgan. Sohillari tekis, choʻl landshaftli. Noyab. dan aprelgacha suvi muzlaydi. UN. ga Tes, NariynGoʻl daryolari quyiladi.