MOʻMINOV

MOʻMINOV Qobul (1952.10.2, Koson tumani Sariq qishlogʻi) — usta chilangar, Oʻzbekiston Kahramoni (2001). Mehnat faoliyatini 1968-y. da «Muborak» davlat naslchilik z-dida traktorchi yordamchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1969-y. dan Muborak — Toshkent gaz quvurlari boshqarmasida quvur yotqizuvchi, 1972-y. dan Muborak gazni qayta ishlash zavoZmda texnologik qurilmalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar, tajriba, taʼmirlash va mexanika sexida temirchi usta, temirchilik ustaxonasi boshligʻi. I. ch. uchun zarur boʻlgan, xorijdan valyutaga olib kelinadigan ayrim detallarni korxonaning oʻzida tayyorlash, muddatini oʻtagan detallarga ishlov berish yoʻli b-n ulardan qayta foydalanish muddatini bir necha barobarga uzaytirish, shu yoʻl bilan nodir va rangli metallarni tejash usuli tashab-buskori. lchaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1994).