MAADI

MAADI — eneolit davriga oid qad. dehqonchilik manzilgohi (mil. av. 4ming yillikning 2-yarmi). Qohira (Misr) yaqinidan topilgan. 20-a. ning 30-y. larida tekshirilgan. Maadidan burdoy, arpa qoldiqlari, kanakunjut donlari (kanakunjut moyi olingan), uy va yovvoyi hayvonlar, baliq suyaklari, mis va tosh qurollar, sopol idishlar, yorgʻuchoqlar, taqinchoqlar topilgan.