MAASTRIXT YARUSI

MAASTRIXT YARUSI (Niderlandiyadagi Maastrixt sh. nomidan) — boʻr sistemasi (davri) yuqori boʻlimining pastdan oltinchi yarusi. Dastlab 1849-y. da belgiyalik geolog A. Dyumon tomonidan ajratilgan. Sen-Pyer togʻi yon bagʻridagi topilgan joyida yarusning faqat yuqori qismi uchun xos boʻlgan sayoz suv organogenchaqiq ohaktoshlardan tuzilgan. Yanada aniqroq stratigrafik boʻlinmalarga ajratishda ammonitlar, belemnitlar, foraminiferalar, dengiz kirpilari va b. qoldiqlariga asoslaniladi.