MAVZE

MAVZE — joy. Shaharning ayrim nomlar bilan yuritiladigan qismlari. Mac, Koʻkcha mavzesi, Boʻrjar mavzesi, Beshyogʻoch mavzesi va h. k. Qad. da shahar devoridan tashqarida joylashgan, shaharliklarning xususiy mulki hisoblangan joylar Mavze deb atalgan. Mavze larda shaharliklarning yoz paytida koʻchib chiqadigan bogʻlari joylashgan. Qad. dan bu joylar garchi qisman boʻlsada, mahalla ahllarining umumiy joyi boʻlgan, baʼzi hollarda bu joylar shahar ichidagi mahallalarning nomlari b-n bir xilda atalgan (mas, Toshkent sh. da Chuvalachi, Yangiariq, Xiyobon, Taxtapul va h. k.). Bunday Mavzelar Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Namangan, Andijon va b. shaharlarida ham boʻlgan.