MUQIMIY

MUQIMIY (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850 — Qoʻqon —1903.25.5) — shoir va mutafakkir. Oʻzbek demo-kratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoʻjandlik boʻlib, Qoʻqonda yashaganlar. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjada sheʼriyatga havas uygʻotgan. M. Qoʻqondagi Nodira bino qildirgan «Moxlar oyim» madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864—65; 1875—76). 1876-y. da Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-y. lar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod b-n shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, «Hazrat» madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sa-yohat qilgan (1887—88, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Tosh-kent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar b-n qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muxammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼ-analarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi b-n bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyeti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm b-n sugʻorilgan, qayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan («Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi» va b.). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.

Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xdjviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan («Tanobchilar» va b.) – «Saylov», «Dar mazammati zamona» va b. da oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan («Hajvi halifai Mingtepa»).

Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan («Devonamen», «Koʻsamen» «Hayron qildi loy», «Pash-shalar», «Shikoyati bezak» va b.). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan («Taʼrifi pech», «Aroba qursin», «Loy» va b.).

Muqimiy oʻzbek adabiyoti ga ishchilar mavzu-ini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi («Maskovchi boy taʼrifida», «Voqeai Viktor» va b.). Turli shaxar va qishloqlarga qilgan sayohatlari ta-assurotlari asosida 4 qismli «Sayohatnoma» asarini yozdi. Asar yengil, oʻynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalqturmushining ogʻirligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni maʼqullab, goʻzallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 sheʼriy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheʼrlari qoʻlyozmalar, bayozlar, 20-a. boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.

Muqimiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov «Devoni Muqimiy» toʻplamini (T., 1907) nashr qilgan, soʻng 1910,1912-y. larda «Devoni Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda Gʻ. Gʻulom, Oybek, X,. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻ. Karimov, A. Xayitmetov va b. M. ijodini tadqiq etganlar. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla «Mavlono Muqimiy» romani va «Muqimiy» dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.

As: Asarlar toʻplami [2jli], T., 1960 — 1961; Asarlar, T., 1974.

Ad.: Yoqubov H., Oʻzbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953; Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955; Karimov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970; Karimov F., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987.

Sunnatilla Ahmedov.