MUSHFIQIY

MUSHFIQIY Abdurrahmon (1525 – Buxoro —1588) — shoir. Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. 1564-y. gacha Buxoroda yashagan. 1568—72 y. larda Samarqand hokimi Sulton Said saroyida kitobdor boʻlgan. 1572—73 y. larda Hindistonda Akbarshoh saroyida, 1578-y. dan Buxoro amiri Abdullaxon saroyida xizmat kilgan va «Malik ush-shuaro» unvonini olgan. Mushfiqiy boy adabiy meros qoldirgan. Shoirning hajviya, gʻazal va qasidalari «Devoni mutoibot», «Devoni gʻazaliyot», «Devoni kasoid», «101 tugun» («Sadu yak buvad») kabilarda jamlangan. Mushfiqiy goʻzallik va muhabbat xaqida «Eram bogʻi», shuningdek, «Soqiynoma» va «Jahonnoma» kabi poetik asarlarni yaratgan. Mushfiqiy asarlari xalq orasida keng tarkalgan va uning uzi ham Mulla Mushfiqiy nomi bilan tojik xalq latifalari kaxramoniga aylanib ketgan.

Ad.: Bertels Ye. E., Istoriya persidskoy i tadjikskoy literaturы, Mushfiqiy, 1970.