MUTLAQ TEMPERATURA

MUTLAQ TEMPERATURA — mutlaq nol (—273,16°S) dan hisoblanadigan t-ra, Tmu11 bilan belgilanadi. Mutlaq temperatura tushunchasini U. Tomson (Kelvin) kiritgan; shusababli Mutlaq temperatura shkalasi Kelvin shkalasi yoki termodinamik t-ra shkalasi deb yuritiladi. Mutlaq temperatura Selsiy shkalasi t» b-n Tiugl =/»+273,16° tenglik vositasida bogʻlangan. Mutlaq temperatura shkalasi, odatda, K (Kelvin) bilan belgilanadi. Mutlaq temperaturani turli shkalalardan oʻlchash mumkin. Termodinamik va xalqaro t-ra shkalasi eng koʻp ishlatiladi (yana q. Temperatura shkalasi).