MUTATSIYA

MUTATSIYA (yun. mutatio — oʻzgarish, almashish) — 1) balogʻatga yetgan oʻgʻil bolalar ovozining uzgarishi;

2) oʻrta asr Yevropa musiqa nazariyasida olti tovushqator (geksaxord)dan boshqasiga oʻtish;

3) orkestr ijrosi jarayonida cholgʻular almashuvi.