MURODOVA Hanifa Nurillayevna

MURODOVA Hanifa Nurillayevna (1919.22.10, Kattaqoʻrgʻon sh.) — xirurg, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969); tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1966). 2-Moskva tibbiyot in-tini tugatgach (1943), harbiy vrach (1943—46), 1-Moskva tibbiyot in-tida ordinator (1946—49), MXRda Choybalsan nomidagi in-t xirurgiya kafedrasida oʻqituvchi, ayni vaqtda kasalxona xirurgi (1953-56), SSSR Tibbiyot FA Yuraktomir kasalliklari i. t. in-tida ilmiy xodim (1956—63), Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti 1-xirurgiya kafedrasi mudiri (1964—80). Ilmiy ishlari turli xirurgik kasalliklarni, xususan, surunkali koronar yetishmovchilikni xirurgik usulda davolash muammolariga bagʻishlangan. MXRning «Qutb yulduzi» ordeni bilan mukofotlangan.

As: Xirurgicheskoye lecheniye pri xronicheskoy koronarnoy nedostatochnosti, T., 1970.