MURID

MURID (arab. — ergashuvchi) — pir yoki eshon (murshid)ga qoʻl berib, sufiylik yoʻliga kirgan shaxs. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird maʼnosida ishlatiladi. M.-murshidlik munosabatlari Muridning oʻz piriga soʻzsiz itoat etishi, xizmat qilishi va uning izidan borishini taqozo qilgan. Umuman, Murid atamasi sufiy va hatto oddiy musulmon maʼnolarini ham anglatadi.