MUNCHOQ

MUNCHOQ — qimmatbaho va rangbarang tosh, shisha va sh. k. narsalardan turli (dumaloq, uzunchoq va b.) shaklda tayyorlanadigan donachalar. Donachalarni ipga tizib yasaladigan hamda boʻyinga taqiladigan taqinchoq (marjon)lar ham Munchoq deb ataladi. Oʻzbekistonda ayollar va bolalarning bezak buyumi boʻlgan koʻzmunchoq turi boʻyin va qoʻlga taqiladi, kiyim (koʻylak, nimcha, doʻppi va b.) ga tikiladi. Munchoq qadimdan koʻpgina xalqlar orasida keng tarqalgan. Tosh (neolit) va suyakdan, jez davrida metallardan ishlangan. Qad. Misrda shi-shaning ixtiro qilinishi bilan shisha Munchoqlar keng tarqaldi. Oʻrta asrlarda Italiya, Rossiya, Oʻrta Osiyo va b. joylarda ham shisha Munchoq paydo boʻlgan.