MUJOHID

MUJOHID (arab. — eʼtiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan — jihod urushining ishtirokchisi) — din, xudo yoʻlida jang qiluvchi kishi. Ilk islomda va oʻrta asrlarda Mujohid tu-shunchasi shu maʼnoda talqin etilgan. Yirik islom ruhoniylari yoki tashkilotlari biror urushni jihod (gʻazavot) deb fatvo bergan holdagina shu urush qatnashchilari Mujohidlar hisoblangan. 20-a. boshlarida Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi kurash olib borganlar ham uzlarini Mujohidlar deb nomlashgan. Hoz. davrda musulmon mamlakatlarida demokratik harakatlarga va millim hukumatlarga qarshi kura-shayotgan turli guruhlar Mujohid nomidan foydalanadilar.