MOHENJO-DARO

MOHENJO-DARO (sindxi tilida — oʻliklar tepaligi) — Xarappa madani-yati (Pokiston)ning asosiy markazlaridan birining xarobasi (mil. av. 3 — 2-ming yilliklar). Sindning markaziy shaxri. 1922-y. da hind arxeologi R. Ba-nerji ochgan. Keyinchalik ingliz arxeologlari J. Marshall, E. Makkey va R. Uiller tomonidan tekshirilgan.

M.-D. yirik hunarmandchilik va savdo markazi boʻlgan, metall va toshga ishlov berish, kulolchilik taraqqiy etgan. Unda umumshahar kanalizatsiyasi va suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Uylari pishiq gʻishtdan 2—3 qavat qilib qurilgan. Qazishlar M.-D. Qad. Hindiston, Misr, Mesopotamiya bilan bir qatorda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlganligini tasdiqlaydi. M.-D. ni oʻrganish asosida Xarappa madaniyatining asosiy bosqichlari va uning xarakterli belgilari aniqlandi.

Ad.: Makkey E., Drevneyshaya kultura dolinы Inda, per. s angl., M., 1951