MONREAL

MONREAL — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Sanlavrentiy daryosi boʻyida, Kvebek provinsiyasida joylashgan. Transport yoʻllarining yirik tuguni; dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eksporti uchun moʻljallangan. Aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 1,03 mln. kishi (.100V). M. — mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (umumiy, samolyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va b.), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, mebel, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 3 un-t, konservatoriya, kutubxonalar, nafis sanʼat muzeyi, metropoliten bor. Shaharga 1642-y. da indeyslarning Xochelaga qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan faktoriya va fort (qalʼa) sifatida asos solingan. 18-a. ning 1-yarmida muhim savdo markazi boʻlgan. 1760-y. da inglizlar bosib olgan. 1844—49 y. larda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti boʻlgan. 17—18-a. larda qurilgan meʼmoriy bi-nolardan cherkov, Ramze saroyi va b. saqlangan. Monrealda 1967-y. da Xalqaro koʻrgazma, 1976-y. da 11-Olimpiada boʻlib oʻtgan.