MONOLOG

MONOLOG (mono… va yun. logos — soʻz, nutq) — badiiy asar komponentlaridan biri boʻlib, asarda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz-oʻziga, oʻzgalarga qaratilgan nutqi. Adabiyotda Monolog personajlar ruhiy dunyosi, kechinmalarini ifodalashdagi muhim vositalardan biri si-fatida qoʻllanadi (q. Monologik nutq).