MOMAQALDIROQ QAYD QILGICH

MOMAQALDIROQ QAYD QILGICH — bir necha oʻn kilometr uzoqlikda boʻladigan elektr razryadlari (yashin)ni qayd qilib, ularni yozib boradigan radioqurilma; oddiy va avtomatik yozib boradigan xillar bor. Katta xududdagi elektrsizlanish vaqtida kuzatiladigan qisqa vaqtli impulslar shaklidagi elektromagnit toʻlqinlar (atmosferiklar)ni qayd qilish uchun radiopelengatsiya qoʻllanadi.