MOLBERT

MOLBERT (nem. Malbrett soʻzidan) — rassomlik sanʼatida qoʻllaniladigan dastgoh. Rassom asar ishlash jarayonida kartina, rayem va h. k. ni oʻrnatadigan moslama, taglik; odatda, yogʻochdan tayyorlanadi. Uch oyokdi va vertikal tik ustunlari gorizontal asosga mustahkamlangan turlari bor. Koʻproq Molbertning oddiy, yengil va ixcham shakllaridan foydalaniladi; rassomlik ustaxonalarida, shuningdek, yirik asarlarni ishlash uchun turli balandlik, zarur burchaklarga qiya qilib ishlash imkonini beradigan, bir vaqtning oʻzida ikkita polotno oʻrnatish mumkin boʻlgan ogʻir, koʻchmas, metall, zamonaviy (plastik) xom ashyolardan tayyorlangan Molbert lardan foydalaniladi. Ogʻir boʻlishiga qaramay ish jarayonida baʼzi moslamalar (mas, gʻildirak) tufayli uni siljitish yengil va kulay. Molbert Oʻzbekiston BA ustaxonalarida, qisman, «Fayz Xolding» kompaniyasida ishlab chikariladi.