MODERNIZATSIYA

MODERNIZATSIYA, modernizatsiya l a sh (frans. moderne — eng yangi, zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq oʻzgartirish. Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.