MIRZAYEV

MIRZAYEV Rahmat (1878 – Buxoro – 1963) — zardoʻz, Buxoro zardoʻzlik maktabining yirik namoyandasi. Uzbekiston xalq rassomi (1957). Zardoʻzlikni otasi va b. ustalardan oʻrgangan. Yoshligidan Qori Hasan ustaxonasida ishlagan. 1928-y. dan turli artellar (keyinchalik «Buxoro zardoʻzlik f-kasi»)da zardoʻz. Zardoʻzlik sanʼatini puxta egallagan Mirzayev zardoʻzlik rivojiga katta hissa qoʻshgan; anʼanaviy naqshlarni mahorat b-n qoʻllab amaliy sanʼat na-munalarini yaratdi, naqsh mujassamotlarini yangi xususiyatlar bilan boyitdi, zardoʻzi choklarning nafisligi va jozibadorligiga erishdi. «Tinchlik kabutari» peshonabandi (1949—50), «Ismoil Somoniy maqbarasi» namoyoni, rangbarang mujassamotli («darham», «zamindoʻzi», «toj», «qubbadoʻzi» va b.) doʻppilarni mustaqil yaratgan, Navoiy teatri uchun sahna pardasi (1947, akad. Shchusev chizgisi), «Paxta» (1954, M. Prutskaya) va b. zarduzi namoyonlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.