MIRBOZOR

MIRBOZOR — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shaharcha (1992-y. dan). Samarqanddan 106 km. Tuman markazi (Oktosh sh.)dan 6 km shim. da. Yakin t. y. stansiyasi — Zirabuloq (5 km). Aholisi qariyb 5,3 ming kishi (2002). Mirbozorda avtokorxona, yoʻl qurilish idorasi, dehqon bozori, oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, «Kamalak» maishiy xizmat uyi binolari, madaniy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, biznes maktabi (1200 oʻquvchi), umumiy taʼlim maktabi, 2 kutubxona, Otalar choyxonasi, xalq muzeyi, Xotira xiyoboni, tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam boʻlimi mavjud. Mirbozor yakinidan magistral t. y. va avtomobil yoʻli oʻtgan. Mirbozor qad. karvon yoʻlidagi manzil (kishloq) oʻrnida vujudga kelgan. 1890-y. da qurilgan «Salovat» masjidi saqlangan.