MIKROZARRALAR

MIKROZARRALAR — oʻlchami 10 8 m dan 10 7 m gacha oralikdagi qiymatga mos kelgan barcha zarralar. Elementar zarralar, yadro, atom, molekula M. hisoblanadi. Mikrozarralarning katta jismlardan farqi: M. bir vaqtning oʻzida ham toʻlqin, ham korpuskulyar xususiyatga ega; M. ni xarakterlovchi fizik kattaliklar, asosan, diskret qiymatlargagina ega boʻlishi mumkin; M. harakati oʻrganilayotganda t-rayektoriya tushunchasi oʻz mazmunini yoʻqotadi, uning oʻrnida Mikrozarralarning fazoning biror kichik sohasida kuzatilayotgan vaqt oraligʻida boʻlish ehtimolligi haqida fikr yuritish mumkin. Mikrozarralarning harakati bilan bogʻliq boʻlgan hodisalarni kvant mexanika oʻrganadi.