MIZYAKOVA Valentina Stepanovna

MIZYAKOVA Valentina Stepanovna (1935.9.10, Volgograd viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Stavropol ped. intining biol. f-tini tugatgan (1965). 1946—78 y. larda Qorachoy-Cherkasiyada boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1978-y. dan Uch-quduq sh. dagi 2maktabda, 1989-y. dan 9maktabda biol. oʻqituvchisi. Mizyakovaning oʻquvchilarni biol. faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish, ularni onatabiatni sevishga oʻrgatish, biol. fanini hayot bilan bogʻlab oʻqitish, taʼlim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologi-yalardan samarali foydalanish sohasidagi tajribasi tuman va viloyat miqyosida keng ommalashtirilgan. Viloyatda eng yaxshi deb tan olingan biol. kabi-netini jihozlagan. Maktabda bogʻ yaratgan va sinfda qishki paytda turli mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Sinfda 200 dan ortiq turli koʻrgazmali qurol va eksponat toʻplagan.